«Ming afsuski, hozirgi kunda 10 dan ortiq nazorat-tekşiruv idoralari bir vazirga böysunadigan qilib, tuzilmasi tasdiqlangan. Tasavvur qiling, bir vazirlikda ham tekşiruvçi, ham tekşiriluvçi böladigan bölsa, bu yerda heç qanaqa tom ma'nodagi haqiqiy nazorat bölmaydi.
Eng asosiysi, nazorat-tekşiruvçi idoralarga mustaqil, xolis faoliyat körsatiş uçun şart-şaroit yaratib berişimiz kerak. Bu borada biz prokurorlik munosabatimizni Vazirlar Mahkamasiga ham berganmiz. Agar takliflarimiz inobatga olinib, har bir nazorat-tekşiruv idorasi mustaqil faoliyat körsatadigan bölsa, har bir sohada köplab qonunbuzilişlar bartaraf qilingan bölar edi.
Respublika miqyosida 50 dan ortiq nazorat idoralari bor, ular tomonidan ötgan yilning özida aniqlangan faqatgina talon-toroj holatlari böyiça jamlangan qiymat huquqni muhofaza qiluvçi sanoqli organlar aniqlagan talon-torojliklar qiymatining uçdan ikkisini taşkil qiladi. Ya'ni 33 foizga kam.
Aniq misollar keltirsam. Mana, Energetika vazirligi qoşidagi Özneftegazinspeksiya 6 mingdan ortiq obektni doimiy nazorat qiliş kerak. 150 dan ortiq mas'ul inspektorlar ham bor. Ularga davlat tomonidan oylik tölanadi. Ular ikki yil mobaynida öz taşabbusi bilan birorta ham tekşiriş ötkazmagan. Bir söm ham zarar aniqlaşmagan. Vaholanki, biz ikki yil davomida [şu sohada] 300 mlrd sömlik zarar yetkazilganini aniqladik va uni töliq undiriş çoralarini kördik.
Boşqa bir misol. Transport vazirligi tizimida yuklarni taşiş faoliyati bilan boğliq inspeksiya ikki yil davomida 8 mingta qonunbuziliş holatini aniqlagan. Lekin birortasi ham huquqiy baho beriş uçun huquqni muhofaza qiliş idoralariga yuborilmagan. Yuborilmadimi, demak, bu yaşirildi degani.
Öylaymanki, hukumat bu masalani körib çiqib, öz qat'iy munosabatini bildirsa, işimizda yana ham samara bölgan bölardi», – deya Niğmatilla Yöldoşevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.








