Uşbu masala yuzasidan Xalq ta'limi vazirligiga murojaat qildik. Vazirlik matbuot kotibi Laylo Rustamovaning ma'lum qilişiça, elektron kundalik uçun rasmiy belgilangan tölov – bir öquvçi uçun bir kalendar yilga (365 kunga) 8 600 söm. 

Elektron kundalikka qöşimça Kundalik.Family ilovasi ham işlab çiqilgan bölib, u ota-onalar va öquvçilar uçun möljallangan. U yerga Kundalik saytida röyxatdan ötgan login va parol orqali kiriladi. Öquvçi kundaligi uçun bir yillik tölov – 8600 söm tölangan bölsa, Kundalik.Family ilovacida barça ma'lumotlar oçiladi va körinib turadi. Ilova barça foydalanuvçilar uçun 30.11.2021 yilgaça bepul taqdim etilgan va u uçun alohida tölov ötkaziş talab etilmaydi.

Ota-onalar va öquvçilar elektron kundalik qança turişi, qanday qilib tölov ötkaziş mumkinligi haqida kundalik.com orqali batafsil ma'lumot olişlari mumkin. Elektron kundalikni faqat www.kundalik.com veb-saytidan va ota-ona yoki öquvçi profilidan sotib oliş mumkin. Ota-onalar yetarli ma'lumot olişlari uçun qöllab-quvvatlaş xizmati +998 (78) 888-82-82 raqamiga qönğiroq qilib yoki [email protected] elektron poçta manziliga murojaat qilişlari mumkin.