Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi matbuot kotibi Laylo Rustamova 24 noyabrdagi brifingda ma'lum qildi.

Uning sözlariga köra, elektron obuna uçun tölovni (9200 söm) 30 noyabrdan e'tiboran amalga oşiriş mumkin.

«23 noyabrdan sinov muddatining oxirgi 7 kuni boşlangan. Ota-onalarga özlarining profillaridan kiriş va barça farzandlarining kundaliklarini köra olayotganliklarini tekşirişlari tavsiya etiladi», – dedi vazirlik vakili.

Elektron kundalik xorijiy kompaniyaniki bölsa, bu bolalarning ma'lumotlarini xavfga qöymaydimi? Uşbu savolga Laylo Rustamova quyidagiça javob berdi.

«Elektron kundalik foydalanuvçilari töğrisidagi barça ma'lumotlar «Özbektelekom» serverlarida saqlanadi. Bu esa, öquv jarayonidagi barça iştirokçilarning şaxsiy ma'lumotlari işonçli himoyasini ta'minlaydi. Bundan taşqari, Kundalik.com TAS-IX hududida joylaşgan bölib, platforma bilan işlaşda uyali aloqa operatorlari orqali foydalanilganda internet-trafik sarflanmaydi.

Agar elektron kundalikni qöllaş böyiça savollar yuzaga kelsa, ularga javoblarni kompaniyaning qöllab-quvvatlaş xizmatiga +998 (78) 888-82-82 raqami orqali murojaat qilgan holda oliş mumkin».