19:59 / 08.04.2020
8244

AQSh prezidentining yangi matbuot kotibi e'lon qilindi  

Oq uy AQSh prezidenti Donald Trampning matbuot kotibi etib Keyli Makineni tayinlanganini e'lon qildi.

Foto: Shutterstock

Shuningdek, Pentagon matbuot xizmati rahbari Alissa Farax Oq uyning strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori lavozimiga o‘tkazilgan.       

“Prezident Donald Tramp Keyli Makineni va Alissa Faraxning Oq uy ma'muriyatiga qo‘shilganini e'lon qildi. Makineni Oq uy matbuot kotibi, Farax esa strategik kommunikatsiyalar bo‘yicha direktor bo‘ladi”, deyilgan Oq uy bayonotida. 

Makineni bungacha Trampning 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida qayta saylanishi kampaniyasi matbuot kotibi bo‘lgan. 

Oq uy 7 aprelda Trampning matbuot kotibi Stefani Grishem o‘z lavozimini tark etishi va yana birinchi xonim Melaniya Tramp ofisiga o‘tishini e'lon qilgan. Grishem Trampning rafiqasi apparati rahbari va matbuot kotibi majburiyatlarini bajaradi. Bunday o‘zgarishlarning sababi ma'lum qilinmagan.  

Grishem Trampning matbuot kotibi sifatida 2019 yil iyundan faoliyat yuritib kelgan.

Top