O‘zbekiston | 14:51 / 16.10.2020
3306
2 daqiqa o‘qiladi

Mass-media fondi matbuot kotiblarini malaka oshirish kurslariga taklif etmoqda

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Media va kommunikatsiya maktabi loyihasi doirasida matbuot kotiblarining malakasini oshirish kurslariga qabul e'lon qildi.

Foto: Mass-media fondi

Kurslar 22–24 oktabr kunlari tashkil etiladi va o‘zbek tilida olib boriladi.

Matbuot kotiblari 19 oktabr soat 12:00gacha quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. O‘rinlar soni cheklangan.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • kamida bir yil davomida matbuot kotibi sifatida ishlaganlik tajribasi;
  • press-reliz va boshqa matbuot materiallarini yozish texnikasi va usullarini bilish;
  • intervyu, matbuot anjumanlari va brifinglarni tashkil etish va o‘tkazish qoidalarini bilish;
  • internet tarmog‘ida ishlash, multimedia uskunalaridan foydalanish ko‘nikmalari.

Kurs dasturi:

• PR – paydo bo‘lishidan hozirgi vaqtdagi roligacha;

• Maqsadli auditoriya va u bilan ishlash usullari;

• PR – kommunikatsiya: turlari va dinamikasi;

• Mediarileyshnz: jurnalistlarga yondashuv topishning usullari;

• Piarmatn va uning xususiyatlari;

• Matbuot anjumani: nazariya. Noqulay savollarga javob berish usullari;

• Feyklarni aniqlash usullari;

• Infosabab, storitelling, pablitsit kapital;

• Freyming va refreyming;

• Kamera to‘g‘risida gapirishning sirlari;

• PR strategiya;

• Inqirozli vaziyatni qanday boshqarish mumkin;

• Inqirozga qarshi PR;

• Boshqa masalalar.

Kurslar o‘zlashtirilgan ko‘nikmalarni amalda mustahkamlash bilan olib boriluvchi interfaol mashg‘ulotlarni ham o‘z ichiga oladi.

Kursda qatnashish uchun tanlab olingan nomzodlarning elektron pochta manziliga individual xabar yuboriladi.

Mavzuga oid