16:40 / 14.04.2020
15956

Toshkent viloyatida doimiy ishlayotgan dehqon bozorlari ro‘yxati e'lon qilindi

Toshkent viloyatida muntazam faoliyat yuritayotgan dehqon bozorlari va savdo nuqtalari yana bir bor ro‘yxat asosida eslatib o‘tildi

Foto: KUN.UZ

Ayni kunlarda Toshkent viloyatida 20ga yaqin doimiy dehqon bozorlari va 10dan ortiq yirik savdo majmualari muntazam faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Bundan tashqari, karantin davrida aholiga qulaylik yaratish maqsadida viloyatning barcha shahar-tumanlarida ko‘chma bozorlar ham tashkil etilgani aytiladi.

Toshkent viloyati IIBB fuqarolardan karantin qoidalariga qat'iy amal qilib, zaruriy oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalarni o‘zlari yashab turgan hududdagi eng yaqin bozor yoki savdo majmualari, ko‘chma bozorlar va dorixonalarga har bir oiladan bir a'zo chiqishlarini so‘ragan.

Yashash hududidagi muntazam faoliyat yuritayotgan dehqon bozorlari va savdo nuqtalari yana bir bor ro‘yxat asosida eslatib o‘tilgan.

“Angren dehqon bozori“
“Chirchiq dehqon bozori“
“Olmaliq Oydin dehqon bozor“
“Nurafshon dehqon bozori“
“Ohangaron dehqon bozori“
“Yangiyo‘l dehqon bozori“
“Bekobod dehqon bozori“
“Chinoz dehqon bozori“
“Parkent dehqon bozori“
“Ko‘kterak dehqon bozori”
“Bo‘ka dehqon bozor“
“Yuqori Chirchiq dehqon bozor“
“Bo‘stonliq dehqon bozor“
“Oqqo‘rg‘on dehqon bozor“
“Piskent dehqon bozor“
“Quyi Chirchiq dehqon bozor“lari muntazam belgilangan vaqt bo‘yicha o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan bo‘lsa, Bekobod, O‘rta Chirchiq, Ohangaron, Qibray, Zangiota va Yangiyo‘l tumanlarida doimiy ko‘chma bozorlar va savdo yarmarkalari tashkil etilgan.

Bundan tashqari, yirik savdo majmualari (super, giper va minimarketlar) va oziq-ovqat do‘konlari ishlab turibdi, ular uchun hozircha hech qanday cheklov yo‘q.

“Kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ba'zi qo‘shtirnoq ichidagi fuqarolarimiz har qanday vaziyatda ham amaldagi karantin qoidalarini cheklab o‘tmoqchi bo‘lib, bozor-o‘char va boshqa turli vajlarni bahona qilib, viloyat markazlari va boshqa hududlarga maqsadsiz chiqishlari orqali o‘zlari va o‘zgalar hayotini xavfga qo‘yishmoqda.

Ushbu sinovli kunlardagi vaziyatga jiddiy qarab, joriy etilgan karantin qoidalariga qat'iy amal qilgan holda uyda qoling. O‘zingiz va o‘zgalar sog‘ligini asrang.

Unutmang! Epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish 11 million 150 ming so‘mgacha miqdorda jarimaga tortilishga, shuningdek, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishga sabab bo‘ladi”, - deyiladi ma'lumotda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top