10:39 / 30.04.2020
44496

Bekobod tumanida suv toshqini sodir bo‘ldi

Toshkent viloyati Bekobod tumanida 2020 yil 29-30 aprel kuni suv toshqini hodisasi sodir bo‘ldi.

Illyustrativ foto /KUN.UZ

2020 yilning 29 aprel kuni soat taxminan 22:00 da Toshkent viloyati Bekobod tumani hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida tumanning “Navbahor” hududi, 1-bo‘lim, “Dehqonobod” mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi “Sardobsoy” (boshlanish qismi qo‘shni Tojikiston Respublikasi hududida) soyining suv oqimi keskin ko‘tarilib, o‘zanidan toshgan. 

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q. Mazkur holat viloyat hokimi Rustam Xolmatov tomonidan nazoratga olinib, viloyat hokimining o‘rinbosarlari va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan zarar ko‘rgan aholi xonadonlariga amaliy yordam ko‘rsatish hamda oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rilmoqda.

Hududga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda tegishli korxona va tashkilotlarning kuch vositalari jalb qilingan, deyiladi ma'lumotda. 

Mavzuga oid
Top