Bekobodda maşinasida odam urib öldirib, jasadni kanalga taşlab yuborgan IIB xodimiga bu işda turmuş örtoği yordamlaşgan. Kun.uz sudning tezkor xodimga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllaş töğrisidagi ajrimi bilan tanişdi.
Sud ajrimida keltirilişiça, 2025 yil 11 dekabr kuni soat 23:47 da Toşkent viloyati IIBB navbatçilik qismiga Bekobod tumani Qoraquyli mahallasi hududidan ötgan “Qorasuv-Böka-Bekobod” avtomobil yölida Nexia maşinasi piyodani urib yuborgani haqida xabar kelib tuşgan. Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida YTH Bekobod şahar IIB JQB katta tezkor vakili, 36 yoşli D.N. tomonidan sodir qilingani aniqlangan. Tezkor vakil maşinani mast holatda boşqarib, 1982 yilda tuğilgan B.U.ni urib yuborgan.
YTHdan söng D.N. hayoti xavf ostida qolgan B.U.ga yordam körsatmasdan, özining jinoiy harakatlarini yaşirmoqçi bölgan. U jabrlanuvçini Nexia maşinasiga yuklab, hodisa joyidan uzoq dala çetiga olib ketgan. Söngra manzilga turmuş örtoği Z.N.ni çaqirgan.
Z.N. manzilga Matiz maşinasida yetib kelgan. Er-xotin B.U.ni Nexia’dan Matiz’ga olib ötib, orqa örindiqqa joylaştirgan. Şundan keyin Bekobod şahar yönalişi böylab harakatlanib ketişgan.
B.U. öz vaqtida tibbiy yordam körsatilmagani oqibatida vafot etgan. Er-xotin esa uning jasadini hodisa joyidan 35 km uzoqlikka olib borib, Bekobod tumani Şova mahallasi hududidan oqib ötgan Farhod kanaliga taşlab yuborgan.
D.N. 2025 yil 12 dekabr kuni uşlangan. Sudning şu kungi ajrimi bilan unga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) 2-qismi va 117-moddasi (xavf ostida qoldiriş) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Avvalroq Bekobodda IIB xodimi maşinada odam urib öldirib, jasadni Sirdaryoga oqizib yuborgani xabar qilingandi. Hozirda marhumning murdasini topişga qaratilgan tezkor qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
















