20:55 / 20.06.2020
7070

Tramp Bolton chop etgan kitobi uchun jiddiy javobgarlikka tortilishi kerak deb hisoblamoqda

Juma kuni Kolumbiya okrugi federal sudi Adliya vazirligining Boltonning kitobini chop etishni taqiqlash to‘g‘risidagi da'vosini rad etdi. 

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning sobiq maslahatchisi Jon Bolton davlat sirlarini o‘z ichiga olgan kitobini chop etgani uchun jiddiy javobgarlikka tortilishi lozim. Bu haqda Amerika yetakchisi o‘zining Twitter sahifasida yozdi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, Bolton "maxfiy axborotni chop etib, qonunni buzgan". 

"U buning uchun boshqalar kabi juda yuqori to‘lov to‘lashi kerak. Bu yana qaytarilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim", - dedi Oq uy rahbari.

Juma kuni Kolumbiya okrugi federal sudi Adliya vazirligining Boltonning kitobini chop etishni taqiqlash to‘g‘risidagi da'vosini rad etdi. 

Tramp ma'muriyati Bolton o‘z kitobida oshkor qilish taqiqlangan maxfiy ma'lumotlarni ham yozgan deb da'vo qilmoqda. Jon Bolton esa kitob qo‘lyozmasi tegishli tashkilotlar nazoratidan o‘tganini ma'lum qilgan.

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Boltonning memuaridan ayrim parchalarni chop etdi. «Bu voqea sodir bo‘lgan xona: Oq uy memuarlari» (The Room Where It Happened: A White House Memoir) deb nomlangan kitob sotuvi 23 iyundan boshlanishi mo‘ljallangan.

Mavzuga oid
Top