AQŞ prezidenti Donald Trampning milliy xavfsizlik böyiça sobiq maslahatçisi Jon Boltonga nisbatan adliya vazirligi tomonidan jinoiy iş oçildi. Boltonga qöyilayotgan ayblovlar uning öz kitobida maxfiy ma'lumotlarni oşkor qilgani bilan boğlangan.
Joriy yil iyunida Bolton özining “Bu yuz bergan xona: Oq uy xotiralari” (The Room Where It Happened: A White House Memoir) deb nomlangan kitobini taqdim qilgandi. U öz kitobida Trampni dunyo geosiyosati borasidagi qaraşlari uçun tanqid ostiga olgan.
Tramp bunga javoban Boltonni “yolğonçi” deb atagan va unga qarşi tergov boşlaşni talab qilgan.
Boltonga bildirilayotgan ayblovlar uning öz kitobida maxfiy ma'lumotni oşkor qilgan bölişi mumkinligi bilan boğlangan. Vaholanki, asar çop etilişdan avval milliy xavfsizlik agentligi tomonidan töliq tekşiruvdan ötkazilgan.
Biroq tergovning fikriça, uşbu tekşiruv hali yakunlanmagan.
Bolton Tramp maslahatçisi bölib 2018 yil 9 apreldan 2019 yil 10 sentyabrgaça faoliyat yuritgan.












