Jahon | 16:04 / 24.06.2020
12325
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Boltonni qamash va pullarini musodara qilishni taklif qildi

Jon Boltonning «Bu voqea sodir bo‘lgan xona: Oq uy memuarlari» kitobida Tramp asosiy geosiyosiy faktlardan bexabar va ko‘plab qarorlari o‘zining qayta saylanish istagi bilan bog‘liq bo‘lgan prezident sifatida tasvirlangan.

Foto: Zuma/TASS

AQSh prezidenti Donald Tramp milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton maxfiy ma'lumotni oshkor qilganligi uchun qamalishi kerak deb hisoblamoqda.

"Jon Bolton qamoqda o‘tirishi kerak bo‘lgan ablahdir", - deb yozdi Tramp tvitterda.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, "foyda ko‘rish maqsadida o‘ta maxfiy ma'lumotni tarqatganligi uchun uning pullari musodara qilinishi kerak".

U shuningdek, Boltonning kitobida yozilgan gaplar "uning shaxsiy fikri" ekanligini va sobiq maslahatchisi "haqiqatan ham ahmoq"ligini yozdi.

Jon Boltonning «Bu voqea sodir bo‘lgan xona: Oq uy memuarlari» (The Room Where It Happened: A White House Memoir) asarida Tramp asosiy geosiyosiy faktlardan bexabar va ko‘plab qarorlari o‘zining qayta saylanish istagi bilan bog‘liq bo‘lgan prezident sifatida tasvirlangan.

Oq uy mazkur kitobning chiqarilishini to‘xtatishga harakat qildi, biroq sud bu talabni 20 iyun kuni – kitob sotuvga chiqishidan uch kun oldin rad etdi. 

Mavzuga oid