20:51 / 16.07.2020
3022

Hindistonda politsiyachilarga Facebook’dan foydalanish taqiqlandi

Avvalroq mamlakat qurolli kuchlari qo‘mondonligi harbiy unvonidan qat'i nazar barcha harbiylarga Facebook tarmog‘idagi sahifalarini zudlik bilan o‘chirishni buyurgandi.

Hindiston ichki ishlar vazirligi tizimdagi barcha xodimlarga Facebook ijtimoiy tarmog‘idan foydalanishni taqiqladi

Ushbu taqiq Hindiston markaziy zaxira politsiyasi, Hind-Tibet chegara politsiyasi, chegaralarni qo‘riqlash politsiyasi, markaziy qurolli politsiya, IIV huzuridagi terrorizmga qarshi kurash xizmatiga taalluqli.

"Taqiq tizimdagi barcha tuzilmalarga tatbiq etiladi. Hindiston hech qaysi xorij hukumati kira olmaydigan Facebook yoki Instagram kabi o‘z ilovasiga ega bo‘lishi lozim", - deyiladi vazirlik ko‘rsatmasida.

Avvalroq mamlakat qurolli kuchlari qo‘mondonligi harbiy unvonidan qat'i nazar barcha harbiylarga Facebook tarmog‘idagi sahifalarini zudlik bilan o‘chirishni buyurgandi. Ularga shuningdek, yana 88ta ilovadan foydalanish taqiqlandi.

Taqiq 15 iyuldan kuchga kirdi.  Taqiqlangan ilovalardan foydalangan har qanday harbiy xizmatchiga nisbatan intizomiy jazo chorasi ko‘riladi.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, yaqin o‘tmishda xorij josuslari hind askarlaridan maxfiy ma'lumot olish uchun Facebook’dan foydalangan bir nechta holat yuz bergan.

Top