12:15 / 27.07.2020
7538

O‘zbekiston soliq xizmati faxriysi Georgiy Lyubimov vafot etdi

Davlat soliq xizmati rivojiga katta hissa qo‘shgan mehnat faxriysi Georgiy Fedorovich Lyubimov 26 iyulda 94 yoshida  vafot etdi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati xabar bergan. 

Foto: Davlat soliq qo‘mitasi

«Biz chuqur xafagarchilik bilan, 2020 yil 26 iyulda o‘zining 94 yoshida Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, O‘zbekiston Davlat soliq xizmati rivojiga katta hissa qo‘shgan mehnat faxriysi Georgiy Fedorovich Lyubimov vafot etganligi to‘g‘risida xabar beramiz.

Georgiy Fedorovich Lyubimov mamlakatimiz mustaqilligining birinchi yillaridan boshlab, Davlat soliq xizmati xodimlarini ishga tanlash va joylashtirishni amalga oshirdi. Georgiy Fedorovich o‘n yil davomida DSQ kadrlar va ularni qayta tayyorlash bo‘limini boshqargan.

Davlat soliq qo‘mitasi Georgiy Fedorovich Lyubimovning oilasi va do‘stlariga chuqur ta'ziya izhor etadi», - deyiladi xabarda.

Top