19:29 / 31.07.2020
12270

Abramovich oltin bilan bog‘liq biznesidan voz kechishga qaror qildi

Butun boshli Highland Gold Mining kompaniyasining qiymati esa 1,4 milliard dollarga teng deb baholangan.

Foto: Anatoliy Jdanov / «Kommersant'»

Rossiyalik milliarder Roman Abramovich Highland Gold Mining oltin qazib olish kompaniyasidagi ulushini sotadi. Bu haqda London birjasi saytida xabar qilindi.

Uning ulushini biznesmen Vladislav Sviblovning Fortiana firmasi sotib oladi.

Fortiana biznesning 40,06 foizini sotib oladi, kelishuv summasi 574 million dollar deb baholanmoqda. Butun boshli Highland Gold Mining kompaniyasining qiymati esa 1,4 milliard dollarga teng deb baholangan.

Mazkur xabar ortidan kompaniya aksiyalari narxi 3,5 foizga qimmatladi. 2020 yil davomida ushbu kompaniya aksiyalari qariyb 50 foizga qimmatlashdi, deb yozadi Bloomberg.

Abramovich 2007 yildan buyon Highland kompaniyasida ulushga ega edi.

Mavzuga oid
Top