08:43 / 18.08.2020
4634

Lisenziyalash tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonun loyihasi e'lon qilindi 

Qonun faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Lisenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.

Qonunning amal qilishi quyidagi faoliyat turlariga nisbatan tatbiq etilmaydi:

intellektual mulk obektlaridan foydalanishda, shuningdek kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasi (franshizing to‘g‘risidagi shartnoma) bo‘yicha yuzaga keladigan munosabatlarga;

tadbirkorlik sub'yektlarini, bitimlarni, huquqlarni va mol-mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda hisobga qo‘yish;

akkreditatsiya qilish, sertifikatlashtirish, standartlashtirish, metrologiya va texnik jihatdan tartibga solish;

davlat ekologik ekspertizasi;

davlat sirlari muomalasi.

Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

Lisenziyalashni, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillarini amalga oshirishning asosiy prinsiplari quyidagilardir:

tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i himoya qilinishining, jamoat xavfsizligining hamda atrof-muhit muhofaza qilinishining ta'minlanishi;

litsenziyani, ruxsat berish yoki xabardor etish tartib-taomillarini joriy etishning asosliligi va samaradorligi;

iste'molchilar, tadbirkorlar va davlat manfaatlarining muvozanati;

litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor etish tartib-taomillarining oshkoraligi, ochiqligi va qonuniyligi;

litsenziyalash va ruxsat etish etish xususiyatiga ega hujjatlarning “yagona darcha” orqali berilishi;

litsenziyalash va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish tartibiga doir talablarning yagonaligi;

da'vogar, lisenziat, ruxsat beruvchi hujjatni olgan shaxslar yoki xabardor etuvchilar huquqlarining ustuvorligi.

Top