08:07 / 01.09.2020
11072

TikTok'dagi video tufayli toshkentlik haydovchining mashinasi jarima maydonchasiga qo‘yildi

Tekshiruv davomida davlat raqamidagi pardachadan tashqari yorituvchi moslamalardan foydalanish qoidalari ham buzilganligi qayd etildi. 

TikTok ijtimoiy tarmog‘ida Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari foydalanuvchilardan birining videosiga e'tibor qaratishdi, deb yozmoqda poytaxt IIBB axborot xizmati

Qayd etilishicha, video muallifi do‘stlariga avtomobil davlat raqamini yashiruvchi avtomatlashtirilgan pardachani “namoyish” qilgan.

Ma'lum qilinishicha, mazkur Lacetti rusumli avtomobilning turar joyi va haydovchisi – poytaxtda yashovchi 36 yoshli S.A. ekanligi aniqlandi. 

Tekshiruv davomida davlat raqamidagi pardachadan tashqari yorituvchi moslamalardan foydalanish qoidalari ham buzilganligi qayd etildi. Ikki nafar xolislar ishtirokida o‘rnatilgan moslamalar yechilgan. 

Avtomobil jarima maydonchasiga joylandi, haydovchiga nisbatan ma'muriy jarima belgilandi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top