Yevrokomissiya Raqamli xizmatlar töğrisidagi qonunni (Digital Services Act, DSA) buzişi mumkinligi sababli TikTok onlayn-platformasiga nisbatan ikkinçi tekşiruvni boşladi. 22 aprel, duşanba kuni YeK saytida e’lon qilingan xabarga köra, u «kompaniya Fransiya va Ispaniyada TikTok Lite'ni işga tuşirişda DSA qoidalarini buzganligini baholaş» uçun möljallangan.

Tekşiruv TikTok Lite ilovasidagi foydalanuvçilarga videolarni tomoşa qiliş, layklar, obuna böliş va döstlarni taklif qiliş kabi ba’zi «topşiriqlar»ni bajariş uçun ball töplaş imkonini beruvçi funksiyaga aloqador. Yevrokomissiya ma’lumotlariga köra, uşbu mukofot tizimi «birinçi navbatda u olib keladigan xavflarni, xususan, platformalarga örganib qoliş bilan boğliq xatarlarni sinçkovlik bilan baholamasdan va uni yumşatiş böyiça samarali çoralar körmasdan» işga tuşirilgan.

17 aprel kuni YeK TikTok'dan TikTok Lite uçun xavflarni baholaş hisobotini talab qildi. Xabarda qayd etilişiça, kompaniyada regulyatorga hujjatlarni taqdim etiş uçun 24 soat vaqt bor edi, biroq uni buni amalga oşirmadi. TikTok endi 24 soat içida xavfni baholaş hisobotini taqdim etişi va 3 maygaça boşqa söralgan ma’lumotlarni topşirişi mumkin. Aks holda, YeK jarima solişi yoki Yevropa Ittifoqida TikTok Lite mukofotlari dasturini töxtatib qöyişi mumkin.

Yevrokomissar: TikTok Lite funksiyasi zararli va qaramlikka sabab böladi

«Biz TikTok Lite funksiyasi zararli va qaramlik keltirib çiqarişi böyiça gumondamiz», — deb yozdi Yevropaning içki bozor böyiça komissari Terri Breton X ijtimoiy tarmoğida. U, agar TikTok «işonçli dalillar» keltirmasa, YeK ilovada mukofotlaş dasturini töxtatib qöyişi mumkinligidan ogohlantirdi. 

Tekşiruv davomida Yevropa komissiyasi TikTok foydalanuvçilarning soğliğiga jiddiy ta’sir körsatişi mumkin bölgan funksiyalarni işga tuşirişdan oldin xavflarni baholaş böyiça DSA majburiyatlariga amal qilganmi yoki yöqmi, platforma uşbu xavflarni yumşatiş uçun biron bir çora köradimi yoki yöqmi, şu masalani tekşiradi, deyiladi regulyator bayonotida.

TikTok Yevropa komissiyasining suriştiruvdan hafsalasi pir bölganini bildirdi. «Biz bu qarordan hafsalamiz pir böldi - TikTok Lite mukofot tizimi 18 yoşgaça bölganlar uçun mavjud emas va videolarni köriş uçun kunlik çeklov mavjud. Biz Yevropa komissiyasi bilan muhokamalarni davom ettiramiz», - dedi kompaniya vakili.