14:20 / 02.02.2021
5353

«Britancha shtamm» Vetnamda koronavirus tarqalishi avj olishiga sabab bo‘ldi

Ommaviy test va qat'iy karantin choralari tufayli Vetnamda kasallik yuqtirish bilan bog‘liq atigi 1851ta holat va 35ta o‘lim qayd etilgan.

Foto: Manh Minh/VNA/Handout via Reuters

Virusning "britancha" shtammi Vetnamning 10 provinsiyasi va shaharlarida koronavirus tarqalishi avj olishiga sabab bo‘ldi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Nguyen Txan Long ma'lum qildi.

 "Genetik tadqiqotlar 276 bemorning 12 nafari Birlashgan Qirollikda aniqlangan shtamm bilan zararlanganini ko‘rsatdi, kasallik manbai noma'lum bo‘lib qolmoqda", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Singapurning Channel News Asia telekanali.

 Vazirning qayd etishicha, Hayziong provinsiyasida virus aniqlanganidan olti kun o‘tib kasallik o‘chog‘ini nazoratga olishga muvaffaq bo‘lingan, ammo 20ta holat qayd etilgan Hanoyda vaziyat iziga tushishi uchun ko‘proq vaqt talab qilinadi. U Hanoyda kuniga 40 mingtagacha test olish rejalashtirilganini aytdi.

Channel News Asia telekanalining eslatishicha, ommaviy test va qat'iy karantin choralari tufayli Vetnamda kasallik yuqtirish bilan bog‘liq atigi 1851ta holat va 35ta o‘lim qayd etilgan.

O‘tgan haftada mamlakat hukumati AstraZeneca kompaniyasi vaksinasidan foydalanishni ma'qulladi. Avvalroq hukumat 30 mln doza vaksina sotib olish bo‘yicha muzokara olib borilayotganini ma'lum qilgandi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top