Xoşimin şahri sudi vetnamlik 67 yoşli tadbirkor Truong Mi Lanni 11 yil mobaynida mamlakatdagi eng yirik banklardan birini talon-toroj qilib kelgani uçun ölim jazosiga hukm qildi.

Yirik Van Thinh Phat Group kompaniyasi rahbari Truong Mi Lan — Vetnamda moliyaviy jinoyatlar uçun ölim jazosiga hukm qilingan kam sonli ayollardan biridir.

Firibgarlik kölami misli körilmagan darajada deb hisoblanmoqda. Truong Mi Lan Saigon Commercial Bank’dan soxta arizalar bilan 304 trillion dong (12,5 mlrd dollar atrofida) kredit olişda aybdor deb topildi.

Ammo uning harakatlari tufayli yetkazilgan jami zarar miqdori 27 mlrd dollarga baholanmoqda, ayblov tomoni buni imkonsiz deb hisoblasa ham, sud hukmi unga aynan şunça mablağni qaytariş majburiyatini yuklagan.

Ayrim qaraşlarga köra, sud bosim ötkaziş va öğirlangan mablağlarning bir qismini qaytarişga erişiş uçun ham Truongga ölim hukmi çiqargan.

Truong Mi Lan aybiga iqror bölmagan va aybni öz qöli ostidagilarga yuklagan. Uning oila a’zolaridan biri Reuters agentligiga xabar berişiça, u hukm ustidan şikoyat qilişni rejalaştirmoqda.

Vetnam naşrlari jarayon tafsilotlarini batafsil yoritib bordi. Ularning ma’lumotiga köra, körsatma beriş uçun 2700 kişi çaqirilgan, işda 10 nafar davlat prokurorlari hamda 200 nafar atrofidagi advokatlar iştirok etgan.

Dalillar jami oğirligi 6 tonnani taşkil etgan 104 ta qutiga joylangan. Truong Mi Lan bilan birgalikda yana 85 kişi, jumladan, Vetnam Markaziy bankining sobiq xodimlari, hukumat amaldorlari va SCB rahbarlari sudga tortilgan, ular hukmni kutişmoqda. Xoşimindagi sud majlisida 78 nafar ayblanuvçi iştirok etdi, qolganlari qidiruvda ekani aytilgan. 

Qutilardagi naqd pullar

Ayblov tomoniga köra, hongkonglik badavlat tadbirkorning rafiqasi (u ham tergovga jalb etilgan) bölgan Truong Mi Lan 90 foiz aksiyalari amalda öziga tegişli bölgan SCB bankidan kredit arizalarini soxtalaştirib, pul ömargan. 

Politsiyaning ta’kidlaşiça, qimmatli qoğozlar egalari va SCB omonatçilari firibgarlik qurbonlariga aylanişgan. Ular omonatlari böyiça foiz yoki pullarini qaytarib ololmagan, Lan hibsga olinganidan buyon ularga asosiy qarz böyiça tölovlar amalga oşirilmagan. 42 ming atrofidagi kişi uşbu firibgarlikdan jabr körgan.