Zamonaviy tibbiyot kovid bilan kasallanganlar qon tomirlarida tromb hosil böliş xavfi yuqori ekanini tasdiqlagan. Bu haqda Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi direktori Doniyor Alimov aytib ötdi. 

«Tromboz tananing bir yoki bir neçta qismi, masalan, oyoq, son-çanoq tomirlarida qon quyqasi hosil bölişi bilan keçadi. Ular qon oqimini qisman yoki töliq tösib qöyadi. Bu vaqt ötişi bilan qator kasalliklar, hatto ölimga ham olib kelişi mumkin.

Agar tromb uzilib, qon oqimi böylab borib, öpka arteriyasiga tiqilib qolsa, öpka tromboemboliyasi rivojlanadi. 

Oyoqlarda tromboz tufayli posttromboflebit sindromi ham kuçayişi mumkin. Bunda bemorning oyoğida qattiq şiş, ziçlaşiş, yalliğlaniş va keyinçalik yaralar paydo böladi.

Zamonaviy tibbiyot COVID-19 bilan kasallanganlar qon tomirlarida tromb hosil böliş xavfi yuqori ekanini tasdiqladi. Bu — koronavirusning eng jiddiy asoratlaridan biri. Mazkur holat örtaça 30 foiz bemorlarda uçramoqda.

Keksa yoşli, tana vazni yuqori, jismoniy faolligi çeklangan, yurak-qon tomir va onkologik xastaliklarga çalingan hamda öpka emboliyasi yoki çuqur tomir trombozidan aziyat çekuvçilar xavf guruhiga mansub aholi toifasiga kiradi.

Kuzatuvlarimizga köra, SOVID-19’dan keyingi sindrom köpinça kasallikning ilk belgilari paydo bölgan paytdan boşlab bir oy içida özini namoyon qilişi mumkin. 

Hozir bu holat şifokorlarimizga yaxşi ma’lum va şu bois trombozning oldini oliş uçun davolaniş paytida bemorlarga antikoagulyant terapiya buyurilyapti. 

Biroq kasallikning yengil bosqiçida uy şaroitida davolanayotganlar bu asoratlar paydo bölişi xavfiga jiddiy e’tibor qaratmaydi. Oqibatda ma’lum vaqt ötgaç, ular salomatligida özgarişlar kuzatilayotganidan şikoyat qiladi. 

Şu sababli koronavirusdan tuzalgan bemorlarga vaqti-vaqti bilan koagulogramma tekşiruvlaridan ötib turiş tavsiya etiladi. Bu orqali tromboz xavfini samarali aniqlaş va öz vaqtida davo çoralarini köriş mumkin.

Eng asosiy tavsiyamiz esa koronavirusga qarşi öz vaqtida, töliq bosqiçda va buster dozada emlaniş. Bu sizni nafaqat kasallikdan, balki uning xavfli asoratlari, xususan, trombozdan asraydi.