10:38 / 11.03.2021
3579

O‘zbekistonda bulg‘or qalampiri eksporti 92 foizga o‘sdi

2020 yilda 8,9 million dollar qiymatidagi 13,9 ming tonnadan ortiq bulg‘or qalampiri eksport qilingan.

Foto: Getty Images

2020 yilda 2019 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 6,6 ming tonna ko‘p bulg‘or qalampiri eksport qilingan bo‘lib, 92 foiz o‘sishga erishilgan.

Davlat bojxona qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, eksport qilingan bulg‘or qalampiri natijasida valuta tushumlari 2019 yilga nisbatan 3,6 million dollarga ko‘payib, 68 foiz o‘sish kuzatilgan.

Bulg‘or qalampirining 59 foizi Rossiyaga va 25 foizi Qozog‘istonga eksport qilingan.

Shuningdek, 2020 yilda bulg‘or qalampirining eksporti Polshaga 6 barobarga, Tojikistonga 2,5 barobarga va Birlashgan Arab Amirliklariga 1,1 barobarga ortgan.

2020 yildan ilk bor O‘zbekistondan Belarus, Ozarboyjon va Afg‘onistonga bulg‘or qalampiri eksporti yo‘lga qo‘yildi.

Mavzuga oid
Top