Savdo uyi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan yuritiladigan Özbekiston Respublikasi yuridik şaxslari tomonidan çet elda taşkil etilgan taşkilotlar reyestriga QK-A/1096-son bilan kiritildi.
Mazkur Savdo uyi huzurida körgazma zali sifatida doimiy faoliyat yurituvçi “şou-rum” oçiş ham rejalaştirilgan. Unda mahalliy işlab çiqaruvçilarining turli mahsulotalari keng assortimenti – oziq-ovqat, meva-sabzavot, töqimaçilik-tekstil, ipak, kimyo, kulolçilik mahsulotlari hamda zargarlik buyumlari namoyiş etiladi.
Taşkil etilgan Savdo uyining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- Özbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi örtasidagi iqtisodiy va savdo aloqalarini rivojlantiriş hamda faollaştirişga kömaklaşiş;
- Özbekiston Respublikasining eksport salohiyati va imkoniyatlarini qöllab quvvatlaş;
- mamlakatimizda işlab çiqarilayotgan, şu jumladan, yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotlarni Koreya bozorida tarğib qiliş va ilgari suriş hamda reklama kompaniyalarini taşkil etiş;
- Koreyada Özbekiston mahsulotlariga qiziqiş bildirgan tadbirkorlarga töliq ma’lumotlar berib boriş, ular bilan muzokaralar ötkaziş va hamkorlik aloqalarini örnatiş;
- Özbekiston mahsulotlarini Koreya bozorlarida ilgari suriş istiqbollarini baholaş, kompaniyalar örtasida aloqalarni örnatişda vositaçilik xizmatlarini körsatiş;
- Özbekiston mahsulotlarini Koreya bozoriga eksport qiliş, bozor imkoniyatlarini örgangan holda eksport hajmi va doirasini kengaytirib boriş va mahsulotlarning bozordagi örnini kuçaytiriş;
- eksport hajmini oşiriş maqsadida ikki mamlakat işbilarmon doiralari örtasidagi şeriklik aloqalarini faollaştirişga kömaklaşiş;
- Koreya Respublikasida ötkaziladigan turli körgazmalarga taşrif buyuriş yoki öz maxsulotlari bilan iştirok etiş istagida bölgan tadbirkorlarga kömaklaşiş;
- Özbekiston Respublikasiga investitsiyalar jalb qilişga kömaklaşiş, potensial investorlarni izlaş, savdo va investitsiya şartnomalarini tuziş, işbilarmon doiralar iştirokida muzokaralar va boşqa tadbirlar ötkaziş.
Eslatib ötamiz, 2018 yilda Inçeon şahrida Koreya–Özbekiston biznes markazi iş boşlagandi.













