14:17 / 19.03.2021
23899

Davron Hidoyatov: «O‘zim toshkentlik bo‘lsam ham endi Toshkent viloyati farzandiman»

Nurafshon shahrida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiyada Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi bo‘lib kelgan Davron Hidoyatov viloyatning to‘laqonli hokimi etib tasdiqlandi.

“Seni o‘zim tavsiya qildimmi, o‘zim qo‘llab-quvvatlayman. Yuqorida aytganimday, Toshkent viloyati shaxsan mening nazoratimda bo‘ladi. 15ta tuman, 7ta shahar hokimining kelgusi taqdiri bo‘yicha ham shaxsan o‘zing qaror qabul qilasan. Ishonch berilgan odamning o‘zi ishongan jamoasi bo‘lishi kerak”, dedi prezident

Davron Hidoyatov deputatlar va prezidentga ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi.

“O‘zim toshkentlik bo‘lsam ham endi Toshkent viloyati farzandiman. Ishonchni oqlash uchun barcha rejalarni tuzamiz va uzluksiz ishlaymiz”, dedi u.

Sessiyada Toshkent viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejalari tuzildi va viloyat tumanlarini turli yo‘nalishlarga ixtisoslashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Top