Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 6 ta ratsiyadan ruxsatnomasiz foydalangan shaxsga chora ko‘rildi
«O‘zkomnazorat» inspeksiyasi Toshkent viloyat hududiy bo‘limi, «Elektromagni moslashuv markazi» DUK hamda ichki ishlar xodimlari hamkorligida Toshkent viloyatida radioelektron vositalardan ruxsatnomasiz foydalanish oldini olish maqsadida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.
Unda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani, «Mirobod» MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqaro I.E. tomonidan 6 dona BAOFENG BF-888S rusumli radioelektron vositalardan belgilangan tartibda ruxsatnoma rasmiylashtirmasdan foydalanayotgani aniqlandi.
Mazkur holat sabab, fuqaro tomonidan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishning belgilangan qoidalari hamda davlat va belgilangan tartibda o‘rnatilgan parametrlari talablari buzilgan.
Ushbu huquqbuzarlik sabablari «O‘zkomnazorat» inspeksiyasi Toshkent viloyat hududiy bo‘limi tomonidan o‘rganib chiqilib, «Radiochastota spektri to‘g‘risida»gi qonun 14-moddasi va «Radioelektron vositalarni sotib olish va (yoki) o‘rnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi nizom hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 152-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy hujjatlar rasmiylashtirilib, jismoniy shaxsga nisbatan chora ko‘rilgan.
Mavzuga oid
11:20 / 22.06.2026
Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan ikki boladan birining jasadi topildi
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
08:45 / 16.06.2026