17:19 / 30.03.2021
11241

Suvaysh kanali ochilganidan so‘ng undan dastlabki kemalar suzib o‘tdi 

Kanal ma'muriyati rahbari Usoma Robining so‘zlariga ko‘ra, tirbandlikdan xalos bo‘lish uchun uch yarim kungacha muddat kerak bo‘lishi mumkin. 

Foto: Reuters

Suvaysh kanali ochilganidan so‘ng undan dastlabki kemalar muvaffaqiyatli suzib o‘tdi. 

Qayd etilishicha, olti kundan buyon navbat kutayotgan ulkan kemalar O‘rtayer dengizi tomondan Misrning Ismoiliya shahri yaqinidagi Timsoh ko‘liga kirib kelgan. Soat 15:00 holatiga to‘rtta konteyner tashuvchi kema kanal orqali o‘tgan. 

Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy hozirda Ismoiliya shahrida ekani aytilmoqda.  

Yuk kemalaridan iborat tirbandlikni bartaraf etish maqsadida kanal to‘xtovsiz ishlaydi. Dushanba kuni kechqurun bu yerda kamida 422ta kema to‘plangan bo‘lib, kanal ma'muriyati rahbari Usoma Robining so‘zlariga ko‘ra, tirbandlikdan xalos bo‘lish uchun uch yarim kungacha muddat kerak bo‘lishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, uzunligi 400 metrli Ever Given konteyner tashuvchi kemasi 23 mart kuni kanalga ko‘ndalang turib qolgandi. Kema 29 mart kuni sayozlikdan chiqarildi.

Mavzu
Suvayshda tirbandlik
Ulkan kema Suvaysh kanaliga tiqilib qoldi, buning ortidan dunyoda neft narxi keskin o‘sdi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top