Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring respublika markazi xabariga ko‘ra, 2021 yil 13 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 10:42da Afg‘onistonda yana bir zilzila sodir bo‘ldi.
Zilzila koordinatalari: 36,71 gradus shimoliy kenglik; 70,73 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,4. Chuqurlik 191 km. Zilzila episentridan Toshkentgacha masofa 523 km janubiy-sharqiy yo‘nalish bo‘yicha.
Yer silkinishi O‘zbekiston hududida:
- Andijon: 474 km, 2 ball;
- Farg‘ona: 419 km, 2 ball;
- Guliston: 453 km, 2 ball;
- Jizzax: 455 km, 2 ball;
- Samarqand: 464 km, 2 ball;
- Termiz: 312 km, 2 ball.
Bundan oldin, Afg‘onistonda yuz bergan zilzila kuchi Termizda sezilgani xabar qilingandi.