12:05 / 15.04.2021
3074

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi  Jo‘qarg‘i Kengesi Prezidiumi qaroriga asosan Sabit Ibadullayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirininig birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Sabit Oserbayevich tayinlovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Ma'lumot uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Shariyar Yelmuratov Prezident Administratsiyasining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamentining yetakchi inspektori lavozimiga tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Umar Saburov lavozimidan ozod qilinib, o‘rniga Yuldash Alimov vazir qilib tayinlangandi.

Top