Beruniy tumanida 2 100 dollar evaziga fuqarolarga uçta haydovçilik guvohnomasi olib bermoqçi bölgan şaxs uşlandi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Prokuratura departamenti hamda DXX Beruniy tumani bölimlari tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbirda fuqaro Z.D. uç nafar fuqaroni tanişlari yordamida haydovçilik guvohnomasi oliş uçun bölib ötadigan imtihondan ötkazib, haydovçilik guvohnomasini olib beriş evaziga fuqaro J.K.dan 2 100 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Avvalroq, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida 700 dollar va 7 mln sömga ikkita haydovçilik guvohnomasini olib bermoqçi bölganlar uşlangandi.