20:56 / 30.07.2021
5065

JSST «delta» shtammi 130dan ortiq mamlakatda qayd etilganini ma'lum qildi

Qayd etilishicha, «delta» shtammi bilan bog‘liq o‘limlar darajasi yuqori bo‘lib turibdi.

Foto: David W Cerny/Reuters

Koronavirus infeksiyasining «delta» shtammi 132 mamlakatda qayd etildi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus ma'lum qildi.

«COVID-19 kasalligini keltirib chiqaruvchi virus butkul o‘zgarib ketdi va o‘zgarishda davom etmoqda», — deb ta'kidladi Gebreyyesus.

Qayd etilishicha, «delta» shtammi bilan bog‘liq o‘limlar darajasi yuqori bo‘lib turibdi.

«U «alfa» variantiga nisbatan yanada yuqumli. Laborator tadqiqotlarga ko‘ra, bu shtamm tez tarqaladi», — dedi JSST eksperti Mariya van Kerkxove.

Gebreyyesusning so‘zlariga ko‘ra, SARS-CoV-2 mutatsiyaga uchrashda davom etmoqda, bu esa uning yanada xavfli ko‘rinishlari paydo bo‘lishi mumkinligini anglatadi.

Mavzuga oid
Top