10:09 / 31.07.2021
20495

O‘zbekistonda ilk marta kunlik koronavirus holatlari 900dan oshdi, pnevmoniya holatlari ham o‘sishda davom etmoqda

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus bo‘yicha yana antirekord qayd etilgan, so‘nggi bir kunda 924 kishida koronavirus, 559 kishida pnevmoniya qayd etilgani, 8 bemor vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.

«2021 yil 30 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 129327 (+924) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 95 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 35 nafari Andijon viloyatida,
  • 17 nafari Buxoro viloyatida,
  • 99 nafari Jizzax viloyatida,
  • 29 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 20 nafari Navoiy viloyatida,
  • 35 nafari Namangan viloyatida,
  • 94 nafari Samarqand viloyatida,
  • 28 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 102 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 89 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 47 nafari Xorazm viloyatida,
  • 98 nafari Toshkent viloyatida,
  • 136 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 559 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Bu koronavirus holatlari bo‘yicha pandemiya davridagi eng yuqori kunlik ko‘rsatkich (+924) hisoblanadi, pnevmoniya holatlari qo‘shilgan holatda ham mutlaq antirekord (jami +1483). Bundan avvalgi antirekord bir kun oldin qayd etilgan, 897 kishida koronavirus, 546 kishida pnevmoniya aniqlangandi (+1443).

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 50 nafar,
  • Buxoro viloyatida 14 nafar,
  • Jizzax viloyatida 95 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 25 nafar,
  • Navoiy viloyatida 39 nafar,
  • Namangan viloyatida 32 nafar,
  • Samarqand viloyatida 100 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 37 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 104 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 75 nafar,
  • Xorazm viloyatida 42 nafar,
  • Toshkent viloyatida 74 nafar,
  • Toshkent shahrida 109 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 123164 (+796) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 8 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 874  nafarni tashkil qildi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top