07:57 / 13.09.2021
2625

Qoraqalpog‘istonda brakonerlar inspektorlardan qochib 6 ta kiyikni yo‘lga tashlab ketdi

10 sentabr kuni Sudoche-Akpetkey buyurtma qo‘riqxonasi davlat inspektorlari Taxtako‘pir tumani hududida nazorat tadbirlarini o‘tkazgan.

Unda Taxtako‘pir tumani «Dauqara» OFY hududida UAZ rusumli avtomobil davlat inspektorlarining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan qochib ketgan. Davlat inspektorlari tomonidan ushbu UAZ rusumli avtomashina 35 km uzoqlikkacha kuzatib kelingan.

Ushbu avtomashinadagi shaxslar qochish vaqtida yo‘l bo‘yiga kiyiklarni tashlab, noma'lum tomonga yashiringan.

Voqea joyiga Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish nazorat inspeksiyasidan iborat tezkor guruh yetib borgan. UAZ rusumli mashina tezkor topilgan.

Suratlardan ma'lum bo‘lishicha, brakonerlar inspektorlardan qochib 6 ta kiyikni yo‘lga tashlab ketgan.

Hozirgi vaqtda Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldin To‘rtko‘l va ellikqal'alik ovchilar Taxtako‘pirda 2 ta jayronni o‘ldirishgandi.

Mavzuga oid
Top