Senatning 5-yalpi majlisida «Ov qiliş va ovçilik xöjaligi töğrisida»gi qonun körib çiqildi.

Muhokamalar davomida Özbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi Şavkatjon Abdurazzoqov ovçilik va baliqçilikdagi huquqbuzarliklar va ularning sabablari töğrisidagi savolga javob berdi.

«2018-2019 yillar va joriy yilning 5 oyi davomida brakonerlik holatlari köp aniqlandi. Buni asosan davlat ekologik nazoratining kuçaytirilişi bilan boğliq hodisa deb baholasa böladi. Joriy yilning ötgan 5 oyi davomida 502ta holat aniqlangan bölsa, ötgan yilga nisbatan kamayişiga erişilgan. Bu körsatkiç ötgan yilning şu davrida 520tani taşkil etgan», deya Şavkatjon Abdurazzoqovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qömita raisi huquqbuzarliklarning oldini oliş çoralari haqida gapirdi.

«Ötgan yilning özida «Ma'muriy javobgarlik töğrisida»gi Kodeksning 10ta moddasiga özgartirişlar kiritilib, jarima miqdorlari oşirildi. Ötgan yilga nisbatan ovçilik, brakonerlik holatlari ösişi aniqlanmagan bölsada, lekin unga solingan jarimalar miqdori 5 baravarga oşirildi. Joriy yilning may, iyun oylari «Brakonerlikka qarşi kuraş oylari» deb e'lon qilinib, qömita va hamkor taşkilotlar tomonidan bunday holatlarning oldini oliş çoralari körilyapti», dedi Şavkatjon Abdurazzoqov.

«Ov qiliş va ovçilik xöjaligi töğrisida»gi qonunni ma'qullaş töğrisida qaror qabul qilindi.