Davlat ekologiya qömitasi taşabbusi bilan Davlat ekologiya qömitasi tizimida 2020 yilning may oyi «Brakonerlikka qarşi kuraş oyi» deb e'lon qilindi.
Davlat ekologiya qömitasi axborot xizmati xabariga köra, juda köplab muammolar brakonerlikning orqasidan kelib çiqmoqda, hattoki, koronavirus epidemiyasining kelib çiqişi yovvoyi hayvonlarni tartibsiz ovlaş va ularni iste'mol qiliş bilan boğliqligi taxmin qilinmoqda.
«Brakonerlikka qarşi kuraş oyi» davomida qömita tizimidagi inspektorlar respublikaning barça hududlari böylab, noqonuniy ov va baliq ovlaş bilan şuğullanadigan qonunbuzarlarga va ösimlik dunyosidan noqonuniy foydalanadigan, daraxt va butalarning ruxsatsiz kesadigan huquqbuzarlarga qarşi keskin kuraş olib boradilar.








