O‘zbekiston | 12:57 / 12.10.2022
3695
2 daqiqa o‘qiladi

Brakonerlik bo‘yicha qariyb 6 mingta huquqbuzarlik holati aniqlandi 

Brakonerlik bo‘yicha 5 994 ta huquqbuzarlik holati aniqlangan, aybdorlarga nisbatan jami 8,2 mlrd so‘m jarima va 7,9 mlrd so‘m tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, 9 oyda 358 877 tup daraxt va butalarni kesish, ko‘chirib o‘tkazish, butash bo‘yicha 5 806 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 2 321 ta murojaatda 52 mingdan ziyod daraxtni kesishga va 2 108 ta murojaatda 134 mingdan ziyod daraxtni kesishga rad javobi berilib, qariyb 307 ming tup daraxt saqlab qolingan.

Atmosfera havosiga umumiy tashlanmalar 1 295 mln tonnasi (58,8 foiz) transport vositalari hamda 909 ming tonnasi (41,2 foiz) sanoat va ishlab chiqarish korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. 42 ta ishlab chiqarish va sanoat korxonasida jami 165 ta chang-gazlarni tutib qolish uskunalarini ta’mirlash va yangilariga almashtirish ishlari amalga oshirilgan.

Sanitar tozalash korxonalari tasarrufida 4 162 ta maxsus texnika vositasi, 4 142 ta chiqindi yig‘ish maydonchasi, 18 899 ta chiqindi konteyneri, 195 ta qattiq maishiy chiqindi poligoni mavjud ekani aytiladi. 

Davlat tomonidan tadbirkorlarga bitimlar asosida 1 339 ta maxsus texnika, 61 ta poligon, 670 ta chiqindi to‘plash shoxobchasi, 50 ta avtoturargoh, 4 648 ta konteyner biriktirib berilgan.

Mavzuga oid