22:32 / 26.09.2021
7366

Lyuis Hemilton “Formula-1”dagi yuzinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Britaniyalik avtopoygachi, “Formula-1”ning 7 karra chempioni Lyuis Hemilton poyganing Sochida o‘tgan Rossiya bosqichida navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. E'tiborlisi, bu g‘alaba sportchining poygadagi yuzinchi g‘alabasi bo‘ldi. 

Foto: Lars Baron - Formula 1/Formula 1 via Getty Images

Poygada marra chizig‘ini ikkinchi bo‘lib Red Bull a'zosi, niderlandiyalik Maks Ferstappen, uchinchi bo‘lib Ferrari a'zosi, ispaniyalik Karlos Sayns kesib o‘tdi.

Ushbu g‘alaba Mercedes a'zosi Hemiltonga umumiy jadvalda 1-o‘ringa ko‘tarilib olish imkonini berdi. Endi britaniyalik hisobida 246,5 ochko bor. 2-o‘rinni 244,5 ochko bilan Ferstappen, 3-o‘rinni 151 ochko bilan Mercedes’ning yana bir a'zosi Valtteri Bottas egallamoqda.

Sochi Rossiya bosqichini 8-marta qabul qildi. 2023 yildan ushbu bosqich Leningrad oblastidagi “Igora Drayv” trassasida bo‘lib o‘tadi.

 

Mavzuga oid
Top