18:52 / 02.11.2021
9036

Abdumalik Halokov Serbiyada O‘zbekiston uchun dastlabki medalni naqd qildi

Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati

Serbiyada davom etayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida Abdumalik Halokov chorakfinal jangini o‘tkazdi.

-60 kg vaznli bokschimiz 1/4 finaldagi jangini rossiyalik Vsevolod Shumkovga qarshi o‘tkazib, muhim g‘alabaga erishdi. Natijada, u yarimfinalga chiqish bilan birga O‘zbekiston milliy jamoasining turnirdagi dastlabki medalini naqd qildi. Vakilimiz yarimfinal bahsini 4 noyabr kuni o‘tkazadi.

Foto: Boks federatsiyasi matbuot xizmati

Abdumalik Halokov avvalgi bosqichlarda makedoniyalik Jasin Lyama hamda sloveniyalik Tadey Chernoga ustidan g‘alaba qozongandi.

2 noyabr kungi janglarda yana 4 nafar o‘zbekistonlik bokschi ringga ko‘tariladi:

  • -75 kg: Saidjamshid Ja'farov - Viparon Jongjoxo (Tailand) (19:15 dan so‘ng)
  • +92 kg: Lazizbek Mullojonov - David Chaloyan (Armaniston) (20:15 dan so‘ng)
  • -63,5 kg: Mujibillo Tursunov - Endi Kruz (Kuba) (22:55 dan so‘ng)
  • -92 kg: Madiyar Saidrahimov - Lyuis Uilyams (Angliya) (00:40 dan so‘ng).
Mavzuga oid
Top