Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 10:48 / 14.05.2023
38757
1 daqiqa o‘qiladi
Boks bo‘yicha jahon chempionati. Bugun yana 4 nafar o‘zbekistonlik finalda jang qiladi
Foto: Boks federatsiyasi
Toshkent mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatining so‘nggi kunida final janglari o‘tkaziladi.
14 may kuni to‘rt nafar o‘zbekistonlik bokschi hal qiluvchi bahslar uchun ringga ko‘tariladi:
- -54 kg: Oybek Jo‘rayev — Mahmud Sabirxan (Qozog‘iston);
- -57 kg: Abdumalik Halokov — Saidel Horta (Kuba);
- -63,5 kg: Ruslan Abdullayev — Chinzorig Batarsux (Mo‘g‘uliston);
- -71 kg: Saidjamshid Ja’farov — Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston).
Final janglari soat 17:00 da boshlanadi.
13 may kuni O‘zbekiston delegatsiya vakillari Bahodir Jalolov (+92 kg), Hasanboy Do‘stmatov (-51 kg) va Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (-67 kg) finalda g‘alaba qozonib, jahon chempioniga aylangandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026