Serbiya poytaxti Belgrad mezbonlik qilayotgan boks böyiça jahon çempionatida hal qiluvçi uçraşuvlar ötkazilmoqda. 4 noyabr kunidan boksçilar final yöllanmasi uçun janglarni boşlagan.

Yarimfinalga qadar yetib kelgan özbekistonlik ikki nafar boksçidan biri Abdumalik Halokov (-60 kg) final yöllanmasi uçun eronlik Daniyal Şohbaxşga qarşi ringga çiqişi kerak edi. Ammo özbekistonlik boksçi jang qilmasdan final yöllanmasini qölga kiritdi. Sababi eronlik çarmqölqop ustasi jarohati tufayli uşbu jangda iştirok eta olmagan. 

Şu tariqa, Abdumalik Halokov 6 noyabr kuni oltin medal uçun finalda Fransiya va Dominikan Respublikasi vakillari örtasidagi jang ğolibiga qarşi ringga kötariladi.

Eslatib ötamiz, Abdumalik Halokov avvalgi bosqiçlarda makedoniyalik Jasin Lyama, sloveniyalik Tadey Çernoga va rossiyalik Vsevolod Şumkov ustidan ğalaba qozongandi.

Ma'lumot uçun, Özbekiston boks jamoasi Serbiyaga 13 boksçi bilan borgandi. Lekin Hasanboy Dösmatov, Şohjahon Abdullayev, Mirazizbek Mirzaxalilov va Şahram Ğiyosov ilk bosqiçdayoq turnirni tark etdi. Odiljon Aslonov, Asadxöja Möydinxöjayev va Şahobiddin Zoirov 1/8 finalda yurişini töxtatdi, Nodirjon Mirzahmedov, Saidjamşid Ja'farov, Lazizbek Mullajonov va Mujibillo Tursunov çorak finaldan öta olmadi.

Özbekistonning yarimfinalga çiqqan yana bir vakili Madiyar Saidrahimov (-92 kg) bugun tört karra jahon çempioni va ikki karra Olimpiya öyinlari ğolibi bölgan kubalik Xulio La Kruzga qarşi final uçun jang qiladi. Uşbu bahs 5 noyabrga ötar keçasi soat 00:30dan söng boşlanadi.