O‘zbekiston milliy jamoasining noyabr oyidagi yig‘ini uchun chaqirilgan futbolchilar tarkibida o‘zgarish kuzatildi.
«Milliy jamoaga chaqirilgan himoyachi Rustam Ashurmatov viza bilan bog‘liq muammolar sabab bu galgi yig‘inda ishtirok etolmaydi. Uning o‘rniga «Paxtakor» himoyachisi Marlen Chobanov jalb etildi», - deyiladi O‘FA matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, milliy jamoa futbolchilari bugun, 8 noyabr kuni yig‘in doirasidagi ilk mashg‘ulotni o‘tkazishadi. Mashg‘ulotlar «Paxtakor» stadionida soat 17:15da boshlanadi va uning dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq bo‘ladi.
O‘zbekiston milliy jamoasining noyabr oyidagi FIFA kunlari uchun kengaytirilgan tarkibiga quyidagi futbolchilar jalb etilgan:
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi yig‘ini OFK kalendariga muvofiq, 8-16-noyabr kunlari o‘tkaziladi. O‘zbekiston milliy jamoasi ushbu muddat mobaynida dastlab Toshkentda, keyinchalik esa Gruziya poytaxti Tbilisida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi. Xorijdagi yig‘in doirasida 15 noyabr kuni O‘zbekiston Gruziyaga qarshi Tbilisida bahs o‘tkazadi. O‘rtoqlik o‘yini «Boris Paichadze» stadionida soat 19:00da boshlanashi belgilangan.