Srechko Katanets: «Bu - shunchaki o‘rtoqlik bahsi. Men rasmiy o‘yinlardagi natijalar uchun javob beraman»
O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Qozog‘istonga qarshi o‘rtoqlik o‘yini oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.
«Assalomu alaykum. Bizda odatdagidek o‘rtoqlik o‘yini. O‘ziga xos narsa yo‘q. Faqat bugun to‘liq yig‘ildik.
Osiyo Kubogi 2024 yilda o‘tishi? Bu rejamizga ta’sir qilmadi. Buning ijobiy tomonlari bor. Ko‘proq vaqtimiz bo‘ladi. Ko‘proq o‘yinchilarni sinab ko‘ramiz. Yana bir yaxshi tomoni — chempionatimiz tugagan bo‘ladi va tayyorgarlikka yetarlicha vaqtimiz bo‘ladi.
Ibrohimxalil Yo‘ldoshev? Boshqa futbolchilarni sinab ko‘rmoqchiman. U o‘zini ko‘rsatishi kerak, so‘nggi o‘yinlarda zaxirada o‘tiribdi. U hali yosh futbolchi, qo‘shishi kerak.
O‘zbekistonning so‘nggi daqiqalarda ko‘p o‘tkazishi? Bu barcha jamoalar bilan ham sodir bo‘ladi. Futbol shunisi bilan qiziqarli. Balki, bu charchoq bilan bog‘liqdir. Omad faktori ham bor. Kosta-Rika (1:2) bilan o‘yinda raqib vabankka bordi, 8 o‘yinchisi hujumga o‘tdi, himoyachilarimiz xatoga yo‘l qo‘ydi. Konsentratsiyani yo‘qotmaslik kerak. Buning alohida yechimi yo‘q.
Qozog‘iston Osiyoning top-5 jamoasi qatoriga kira oladimi? Boshqa mintaqadagi jamoa haqida bu borada javob berish qiyin. Bu avlodlar masalasiga ham bog‘liq. Raqibni o‘rganib chiqdik. Ular 5 himoyachi bilan o‘ynashadi. Eski maktab. Zich joylashib, agressiv harakat qilishadi va buni ba’zida oshirib yuborishadi. Bunday vaziyatlarda futbolchilarimiz aqlli bo‘lishi kerak.
Qozog‘istonning o‘yini yoqdi. Alohida o‘yinchini ajratib ko‘rsata olmayman. Slovakiyadek jamoa bilan ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi.
Prinsipiallik? Nima deb javob berishim mumkin. Ko‘pchilik uchun bu derbi bo‘lishi mumkin, ammo men qarashimni o‘zgartira olmayman — bu o‘rtoqlik o‘yini. Kimdir 2007 yildagi o‘yinda janjal bo‘lganini aytdi, ammo hozir ikkala jamoada ham umuman boshqa o‘yinchilar harakat qilishadi. Futbolchilar bor kuchlarini berishadi, lekin mavsum oxiri — charchoq bor. Ustiga-ustak, endi 1,5ta mashg‘ulot o‘tkazdik. Bosim his qilmayapman. O‘rtoqlik bahslari emas, rasmiy o‘yinlardagi natija uchun javob beraman.
Eldor Shomurodov kech yetib kelgani? U maydonga tushadi, chunki «Roma»da so‘nggi bahsda o‘ynamagan. U hatto boshqa o‘yinchilardan ham yaxshi holatda», — deya sloveniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Bellashuv ertaga «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.
Mavzuga oid
16:26 / 18.11.2024
«Ertaga maydonga tushadiganlar o‘zini ko‘rsatishi vaqti keldi» – Katanets KXDRga qarshi o‘yin, tarkib va maydon muammosi haqida
17:05 / 15.11.2024
«166 daqiqa». Katanetsning eng katta xatosi haqida
13:48 / 07.10.2024
Katanets salomatligi yomonlashgani bois Eron va BAA bilan o‘yinlarda jamoani boshqarmaydi
18:25 / 01.10.2024