19:11 / 13.11.2021
8232

Myunxen Belarusdagi migrantlarni qabul qilishga tayyor – OAV

Bavariya poytaxti hokimiyati Polsha-Belarus chegarasidagi migrantlarni Germaniyaga olib kelishni taklif qilmoqda.

Foto: AP

Myunxen hokimiyati Polsha-Belarus chegarasida to‘planib turgan migrantlarni qabul qilishga tayyorligini bildirdi, deb xabar berdi Polsat telekanali.

«Biz odamlar YeI chegarasida istiqbolsiz va mavhumlikda qolishlariga ortiq qarab turolmaymiz», — deya hokimiyat vakilining so‘zlaridan iqtibos keltiradi telekanal.

«Bavariya poytaxti uchun insonlar hayotini qutqarish oliy vazifa hisoblanadi. Shu munosabat bilan chegarada to‘planib qolgan odamlarni darhol va ortiqcha byurokratiyalarsiz Myunxenga olib kelishni taklif qilamiz», — deyiladi hokimiyat kommyunikesida.

Myunxendagilar migrantlarni butun Germaniya miqyosida qabul qilish mumkin deb hisoblamoqda.

Polsha chegara xizmatida ta'kidlanishicha, 8 noyabrdan beri respublika chegarasi yaqinida 2-4 minggacha muhojir to‘plangan. Ular Yevropa Ittifoqi hududiga o‘tishga harakat qilmoqda.

Top