Internetda ham jamoat xavfsizligi ta'minlanadi. Bu jamoat xavfsizligi konsepsiyasida nazarda tutilgan.
2022-2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta'minlash tizimini rivojlantirish strategiyasida bu borada qator jihatlar belgilandi.
Xususan, ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari
va internet tarmog‘idan foydalangan holda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha vakolatli davlat organlari xodimlarini obro‘sizlantirish holatlarining oldini olish va ularga barham berishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish rejalashtirilmoqda.
Internet tarmog‘ida jamoat xavfsizligi uchun xavf tug‘diradigan tahdidlarni o‘z vaqtida aniqlash, oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha kompleks tashkiliy-metodik asoslar va harakatlar mexanizmlarini yaratish ham ko‘zda tutilgan.