20 yil davomida rekord darajadagi inflatsiya va real daromadning pasayişi rossiyaliklarni e’lon xizmatlarida buyumlarni tobora köproq sotişga majbur qilmoqda. Bu haqda 27 may, juma kuni The Moscow Times gazetasi Rossiyadagi eng yirik «Avito» internet e’lonlar xizmati ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Ukrainada uruş boşlanganidan keyin «Avito» xususiy sotuvçilar va kompaniyalar tomonidan joylaştirilgan e’lonlar soni böyiça rekordni qayd etdi - 100 milliondan ortiq. Uning ma’lumotlariga köra, joriy yilning qariyb beş oyida yangi reklamalarni joylaştiriş tezligi 2021 va 2020 yillarga nisbatan ikki baravardan köproqqa oşgan. Şu bilan birga, 2022 yilning yanvar-may oylarida saytning faol foydalanuvçilari soni 20 foizdan köproqqa kötarildi. May oyi oxirida kuniga deyarli 1 million yangi e’lon qayd etildi, bu mutlaq rekorddir.
Şu bilan birga, rossiyaliklarning 2022 yilning birinçi çoragida real daromadi ötgan yilning şu çoragiga nisbatan 1,2 foizga kamaydi, bundan «Rosstat» ma’lumotlari darak bermoqda. Iqtisodiy rivojlaniş vazirligining prognoziga köra, Rossiya SSSR parçalanganidan beri eng uzoq davom etadigan iqtisodiy tanazzulga yuz tutmoqda. 2022 yilda mamlakat yalpi içki mahsuloti 7,8 foizga, kelasi yilda esa yana 0,7 foizga qisqarişi kutilmoqda. Idora prognozlariga köra, 20 yillik davr uçun inflatsiya darajasi 17 foizlik rekordni taşkil etgan şaroitda, aholining real daromadlari 6,8 foizga qisqaradi, bu 1999 yildan beri eng yuqori körsatkiçdir.
Rossiya «maxsus harbiy operatsiya» deb ataşda davom etayotgan Ukrainadagi uruş «katta moliyaviy resurslarni» talab qiladi, dedi Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov 27 may kuni Moliya universitetidagi ma’ruzasida. U sarflangan va kerakli mablağlar miqdorini oçiqlamadi.
Siluanovning sözlariga köra, «budjetni rağbatlantiriş» – iqtisodiyot va fuqarolarni qöllab-quvvatlaş uçun ajratilgan mablağlarning umumiy miqdori 8 trillion rublni taşkil qilib böldi.

















