14:54 / 09.03.2022
12677

Moldova NATOga a’zo bo‘lish rejasi yo‘qligini bildirdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moldova Yevropa ittifoqiga kirish standartlariga mos bo‘lish uchun barcha zarur talablarni bajarishga tayyor.

Foto: Reuters

Moldova NATOga a’zo bo‘lishni rejalashtirmagan. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Natalya Gavrilitsa Euronews telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

“Konstitutsiyamizda mamlakatimiz neytrallik tamoyilida bo‘lishi yozilgan. Biz YeI tarkibiga kirmoqchimiz, ammo NATOga a’zo bo‘lishga intilmaymiz”, dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moldova Yevropa ittifoqiga kirish standartlariga mos bo‘lish uchun barcha zarur talablarni bajarishga tayyor.

3 mart kuni Moldova prezidenti Mayya Sandu mamlakatning Yevroittifoqqa kirish uchun arizasini imzolagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moldova YeIga kirish yo‘lida yetarlicha natijaga erishganidan so‘ng mamlakatning MDHdan chiqib ketishi masalasi ko‘rib chiqiladi.

Mavzuga oid
Top