Moldova Korrupsiyaga qarşi prokuraturasi Gagauziya muxtoriyati rahbari (boşkan) Yevgeniya Gutsulni hozirda taqiqlangan rossiyaparast «Şor» partiyasini moliyalaştiriş uçun Rossiyadan pul oliş va ötkazişda aybladi. Departamentning 24 aprel, çorşanba kuni çop etilgan bayonotida aytilişiça, tergov yakunlangan va iş sudga yuborilgan. 

Tergov ma’lumotlariga köra, 2019-2022 yillarda «Şor» partiyasida kotib bölib işlagan Gutsul Rossiyadagi uyuşgan jinoiy guruhdan olingan pullarni muntazam ravişda Moldovaga olib kirgan. Bundan taşqari, partiya idoralari faoliyatini muvofiqlaştirib, 2022 yil kuzida u Kişinyovdagi norozilik namoyişlari iştirokçilarini mukofotlaş va röyxatlarni tekşirişga mas’ul edi, deya xabar beradi departament. Korrupsiyaga qarşi prokuratura Gutsulni uyuşgan jinoiy guruhdan partiya faoliyatini moliyalaştiriş uçun pul olganlikda ayblamoqda - umumiy summa deyarli 42,5 million ley (2,2 million yevrodan köproq).

Gagauziya rahbaridan taşqari, Kişinyovdagi «Şor» partiyasi boş idorasi rahbariga partiya faoliyatini moliyalaştiriş uçun jinoiy guruhdan qasddan pul olganlik ayblovi qöyildi (9,7 million ley – 0,5 million yevro miqdorida). 

Gutsul jinoyat işidagi ayblovni uydirma deb atadi

Ayblanuvçilar öz aybini tan olmadi. Gutsulning ta’kidlaşiça, unga nisbatan jinoiy iş Moldova prezidenti Mayya Sanduning buyruği bilan oçilgan. 

Yevgeniya Gutsul 2023 yilning may oyida Gagauziya başkaniga saylovda ğalaba qozongan edi. 2024 yil 21 aprelda u Moldovada bank firibgarligi uçun sirtdan 15 yilga hukm qilingan oligarx Ilan Şorga aloqador Moldova partiyalari rahbarlarining Moskvadagi uçraşuvida iştirok etdi.