Moldovada bank firibgarligida ayblanib, sirtdan 15 yilga ozodlikdan mahrum etilgan oligarx Ilan Şor 21 aprel, yakşanba kuni Moskvada öziga aloqador Moldova partiyalari rahbarlari bilan uçraşuv ötkazdi. Rossiya poytaxti markazidagi beş yulduzli Carlton mehmonxonasida bölib ötgan tadbirda Şor «Ğalaba» siyosiy bloki tuzilganini e’lon qildi. Aprel oyi davomida siyosatçi Moskvada öz tarafdorlarini uç marta yiğdi.

Moldovada taqiqlangan «Şor» partiyasidan taşqari muxolifatdagi siyosiy kuçlarni «Ğalaba» blokiga birlaştiriş töğrisidagi bitimni Moldova Gagauz muxtoriyati rahbari (boşkan) Yevgeniya Gutsul, şuningdek, «Uyğoniş», «Imkoniyat», «Moldovani qutqariş uçun muqobil kuç» va şu yilning yanvar oyida yaratilgan Victorie partiyalari imzoladi. Yiğilişda muxolifatdagi sotsialistlar va kommunistlar bloki vakillari qatnaşmadi. 

Moldovadagi jinoiy işlarda blok rahbariyati vakillari nomi tilga olingan

Ilan Şor yangi siyosiy blokning raisi, Yevgeniya Gutsul milliy siyosiy kengaşning ijroçi kotibi, Moldova parlamenti deputati Marina Tauber esa ijroiya qömita kotibi etib saylandi. Moldovada Gutsul va Tauberga nisbatan siyosiy partiyani noqonuniy moliyalaştirgani uçun jinoiy iş qözğatildi. 

Rossiya matbuotida tadbir «Kişinyovning YeOIIga (Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi) qöşilişini qöllab-quvvatlovçi Moldova siyosatçilarining qurultoyi» deb ataldi, Ilan Şor esa öz ijtimoiy tarmoqlarida uçraşuvni «Moldova muxolifatining birlaşişi» deya ta’rifladi. Tadbir rossiyalik estrada xonandalari Nikolay Baskov va Filipp Kirkorovning çiqişlari bilan yakunlandi. 

Infratuzilma vazirining munosabati: Kremlga xizmat qiluvçi sotqinlar

Yangi muxolifat uyuşmasi taşkil etilişi haqidagi xabarga birinçi bölib Moldova infratuzilma va mintaqaviy rivojlaniş vaziri Andrey Spinu munosabat bildirdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida u yangi uyuşmani «uyuşgan «Ğalaba» jinoiy bloki», uning asosçilarini esa «butun mamlakatga yuzi oçilgan millat xoinlari» deb atagan.

«Ular kimga işlayotgani va kimga xizmat qilayotgani aniq bölişi uçun» tadbir Kreml yaqinida bölib ötdi, dedi vazir. «Kelgusi yillarda biz ulardan xalos bölişimiz kerak», deb ta’kidladi Andrey Spinu. 

Moldovada prezidentlik saylovlari 20 oktyabr kuni bölib ötadi. Şu kuni Moldovaning Yevropa Ittifoqiga qöşilişi böyiça referendum ötkazilişi rejalaştirilgan.