Benzin ishlab chiqarish hajmi 5,8 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-fevral oylarida 196 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.
Qayd etilishicha, avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,8 foizga oshgan.
2022 yilning yanvar-fevral oylarida ayrim turdagi sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi:
- avtomobil benzini – 196 ming tonna;
- ko‘mir – 878,6 ming tonna;
- neft – 118,3 ming tonna;
- gaz kondensati – 230 ming tonna;
- yengil avtomobil – 39 922 dona;
- avtobus – 68 dona;
- yuk avtomobillari – 425 dona;
- avtomobil dvigatellari – 32,8 ming dona.
Bundan oldin 2 oyda qariyb 40 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarilgani xabar qilingandi.