Davlat statistika qömitasi xabariga köra, yengil avtomobil işlab çiqariş hajmi ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 17 546 taga oşgan.

Qayd etilişiça, 2022 yilning 1 yanvar holatiga har 1000 kişiga örtaça 87 ta yengil avtomobil töğri kelmoqda.

Ma’lumotlarga köra, 2 oyda “Lacetti-Gentra” avtomobil eng köp işlab çiqarilgan.

Avtomobil işlab çiqariş sanoatida 2022 yil yanvar-fevral oylarida işlab çiqarilgan yengil avtomobillar:

  • “Lacetti-Gentra” - 12 340 dona;
  • “Cobalt” - 10 787 dona; 
  • “Damas” - 9 283 dona;  
  • “Nexia T-250” - 2 902 dona;
  • “Spark” - 890 dona;
  • maxsus yengil avtomobillar - 3 720 dona.