14:48 / 07.07.2022
23808

Xarkivda universitet o‘qqa tutildi, Seversk - bombardimon qilinmoqda. Urush suratlari

Ukrainada urushning 133-kuni o‘tdi.

6 iyulga o‘tar kechasi rossiyalik harbiylar Xarkivdagi Grigoriy Skovoroda nomidagi Milliy pedagogika universiteti binosiga havo hujumi uyushtirdi; qorovul halok bo‘ldi. RF mudofaa vazirligi AQSh Ukrainaga yaqinda yetkazib bergan ikkita HIMARS baravar o‘t ochish reaktiv tizimi yakson etilganini ma’lum qildi, Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi buni «feyk» deb atadi. Donbass shimolida otishmalar davom etmoqda — Seversk shahri ham zarbalardan jiddiy jabrlanmoqda. Irlandiya bosh vaziri Kiyev oblastiga keldi va Ukrainani Yevroittifoqqa kirish masalasida qo‘llab-quvvatlashni va’da qildi. Moskva Putin noyabrda G20 sammitida ishtirok etmoqchiligi haqida xabardor qildi. Sammitga Zelenskiy ham taklif etilgan.

Quyida 6 iyul kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Xarkiv oblasti

Viktor Shevchenko Xarkivning Saltivka rayonidagi yo‘lga tushgan raketadan hosil bo‘lgan o‘ra ichida. Urushga qadar yarim million kishi yashagan Saltivkada hozirda juda kam odam qolgan, hududda ichimlik suvi va elektr toki yo‘q.
AP Photo/Evgeniy Maloletka, File
Rossiya hujumidan shikastlangan ko‘p qavatli uylarning ko‘rinishi
AP Photo/Evgeniy Maloletka, File
Rossiya hujumidan shikastlangan ko‘p qavatli uylarning ko‘rinishi
AP Photo/Evgeniy Maloletka, File
Saltivkadagi turar joy binolarining singan oynadan ko‘rinishi
AP Photo/Evgeniy Maloletka, File
Rossiya hujumidan shikastlangan ko‘p qavatli uylarning ko‘rinishi
AP Photo/Evgeniy Maloletka, File
G.S. Skovoroda nomidagi Milliy pedagogika universiteti aviazarbadan keyin. Xarkiv oblasti prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu zarba oqibatida 40 yoshli qorovul halok bo‘lgan. Foto: Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Xarkiv pedagogika universiteti binosining singan vitrajlari. 6 iyulga o‘tar kechasi Xarkivda uchta rayon hududi o‘qqa tutildi, universitetdan tashqari ma’muriy binolar ham zarar ko‘rgan. 
Sofia Bobok / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donbass shimoli

Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ukraina harbiylari Severskda yaralangan askarni olib ketmoqda. Amerikadagi Urushlarni tadqiq qilish instituti (ISW) 6 iyul kungi hisobotida Rossiya armiyasi Lisichanskdan g‘arbga va Lugansk oblasti chegarasidan Seversk yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgani haqida xabar berdi. Ukraina harbiylariga ko‘ra, Seversk hududiga havo zarbalari berilgan.

Zarbalar ostida qolayotgan Severskda hovlida o‘tirgan yoshlar
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
«LXR» xalq militsiyasining «Avgust» bataloni tankchilari Lugansk oblastidagi pozitsiyada.
Stanislav Krasilnikov / TASS
Seversk o‘qqa tutilgach yarador askarlarni olib ketayotgan tez yordam mashinasi.
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Kiyev oblasti 

Niall Carson / PA Wire / PA Images / Scanpix / LETA

Kiyevdagi Mixaylovskaya maydoni. Knyaginiya Olga yodgorligi o‘qlardan himoyalash uchun qum to‘ldirilgan qoplar bilan o‘rab qo‘yilgan. Surat Irlandiya bosh vaziri Mixol Martinning Ukrainaga tashrifi vaqtida olingan. U Irlandiya urushdan keyin Ukrainani tiklashga yordam berishini va’da qildi. 

Kiyev oblasti aholisi Ivan Kupala bayrami kechasi olov atrofida raqs tushmoqda.
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top