16:09 / 18.07.2022
4728

Urgutda qariyb yarim kilo opiyni 75 million so‘mga sotayotgan shaxslar ushlandi

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, boshqarmaning Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Urgut tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir guruh “og‘ufurush”larning faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Videodan kadr

Tezkor tadbirda Urgut tumanida yashovchi U.X., M.N., M.U. hamda L.T. boshqa bir fuqaroga 472,15 gramm opiy giyohvandlik moddasini 75 million so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, ikki nafar tojikistonlik fuqaro opiy giyohvandlik moddasini Tojikistondan O‘zbekistonga mashinaga o‘rnatilgan propan gaz balloni ichiga joylab olib o‘tib, Urgutda olayotganda gaz balloni portlab ketgandi.

Mavzuga oid
Top